Luis Enrike Barselona bilan o‘yinda hujum chizig‘ida kimlarni o‘ynatishi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 01:36
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Barselona"ga qarshi bo‘lajak o‘yin uchun hujum uchligini tanladi.

Parijliklar 10 aprel kuni Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi o‘yini doirasida o‘z maydonida kataloniyalik raqiblarini qabul qiladi. Le Parisen xabariga ko‘ra, "Barselona" bilan uchrashuvda Liga 1 giganti murabbiylar shtabi Randal Kolo-Muaniga emas, Li Kan Inga tayanishni rejalashtirmoqda. Aynan koreyalik futbolchi Kilian Mbappe va Usmon Dembele bilan birga hujumda o‘ynashi kutilmoqda.

"PSJ" - "Barselona" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi. Javob o‘yini olti kundan keyin xuddi shu vaqtda bo‘lib o‘tadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati