Eshpiritu Santu Tottenxem bilan munosabatlari haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 26
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 01:30
"Nottingem Forest" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu "Tottenxem"da qisqa muddat ishlagani haqidagi savolga javob berdi.

Portugaliyalik murabbiy 2021 yilning iyulida “shporlar”ni qabul qilgan va to‘rt oydan so‘ng iste’foga chiqarilgandi. Bugun mutaxassis o‘sha vaqtlardan beri ilk bor "Tottenxem" stadioniga qaytdi, ammo "qasos" ololmadi - "Nottingem Forest" 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

"Men uchun bu faqat oddiy o‘yinlardan biri. "Tottenxem"da ishlash men uchun baxt va sharaf edi. Ishlar unchalik yaxshi chiqmadi va oxiri ham yaxshi bo‘lmadi, lekin men o‘z yo‘limdan, “Tottenxem” esa o‘z yo‘lidan borishda davom etmoqda. Ilgari ishlagan joyingizga tashrif buyurish har doim yoqimli, ammo bu mening hozirgi jamoamga e’tibor qaratishimga xalaqit bermadi”, dedi Eshpiritu Santu o‘yindan keyingi intervyusida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati