Pochettino: Durangni adolatli natija deb aytishimiz mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 00:28
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Sheffild Yunayted"ga qarshi o‘yinda (2:2) jamoasining o‘yinini yuqori baholadi.

“Uchrashuv natijasini tahlil qilsak, durangni adolatli natija deb aytishimiz mumkin. Premyer-ligada yaxshi o‘yin ko‘rsatish va uchrashuvlar borishini nazorat qila olish kerak.

Premyer-liganing barcha jamoalari kuchli. Bugun biz so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik, bu juda achinarli, ammo biz oldinga qarab yurishda davom etishimiz kerak.

Biz ko‘proq o‘zimizga e’tibor qaratishimiz kerak. Jamoamiz ko‘p gol uradi, lekin juda ko‘p gol o‘tkazib yuboradi. Biz muvozanatni topishimiz kerak”, - dedi Pochettino Sky Sports nashriga.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati