Chelsi 2022 yildan buyon ilk bor ketma-ket 7 o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-04-2024, 00:14
“Chelsi” mag‘lubiyatsiz seriyasini 7 ta o‘yinga yetkazdi.

APLning 32-turidan o‘rin olgan bugungi o‘yinda “ko‘klar” “Sheffild Yunayted” bilan durang o‘ynadi (2:2).

"Chelsi" Angliya liga kubogida "Liverpul"ga (0:1) mag‘lub bo‘lganidan keyin barcha turnirlarda mag‘lub bo‘lmagan. Oxirgi 7 uchrashuvda londonliklar 4 marta g‘alaba qozonishgan va uch marta durang qayd etgan.

"Chelsi"ning hozirgi mag‘lubiyatsiz seriyasi 2022 yilning kuzidan beri eng uzun bo‘ldi, o‘shanda "ko‘klar" 14 sentyabrdan 25 oktyabrgacha ketma-ket to‘qqizta o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati