Saloh APLdagi 17-golini kiritdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 22:34
Muhammad Saloh Premyer-liganing joriy mavsumidagi 17-golini urdi.

"Liverpul" vingeri "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinning 84-daqiqasida (2:2) penaltidan gol kiritib, hisobni tenglashtirdi.

Aaron Uan-Bissaka 82-daqiqada "MYU" jarima maydonchasida Xarvi Elliottga nisbatan qo‘pollik ishlatganidan so‘ng, hakam Entoni Teylor tomonidan penalti belgilandi.

Saloh 17 ta gol bilan Premyer-ligada joriy mavsum to‘purarlari orasida 3-o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinda 19 gol bilan Erling Xoland ("Manchester Siti"), ikkinchi o‘rinda Olli Uotkins ("Aston Villa", 18).






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati