Krkich: Barsada o‘zimni yolg‘iz his qilganim yo‘q

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 21:06
Boyan Krkich psixologik hujumlar bilan qanday kurashganini aytdi.

"Hammasi juda tez sodir bo‘lardi. Yoshligimda men hayotimdagi barcha o‘zgarishlarni ko‘rdim va bu bilan jamoat arbobiga aylandim.

Atrofimda nimalar bo‘layotganini aniqlash uchun yetarlicha tajribam yo‘q edi. Qayerda ekanligimni va o‘zim ko‘zlagan marrani zabt etish uchun nima qilish kerakligni tushuna boshladim.

Mening turmush tarzimdan kelib chiqib, men bilan nima bo‘layotganini juda kam odam bilardi. Klubda ham, kiyinish xonasida ham psixologik hujum sodir bo‘layotganini hech kim bilmas edi.

Muammoni o‘zim yengishim kerakligini bilardim.

"Barsa"da o‘zimni yolg‘iz his qilganim yo‘q. Yaqin atrofda oilam va ishonchli odamlar bor edi. Kiyinish xonasida o‘zimni yolg‘iz his qilardim.
Faoliyatimning muhim lahzalarini yashardim va psixologik hujumlar yo‘limga to‘sqinlik qilishini xohlamadim", – dedi Krkich. 

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati