Gvardiola APLdagi maqsadini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 20:54
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL chempionligi uchun kurash haqidagi savolga javob berdi.

Ispaniyalik o‘z jamoasi oldiga aql bovar qilmas maqsadni qo‘yganini aytdi - chempionatning qolgan barcha o‘yinlarida g‘alaba qozonish.

"Premyer-ligada g‘alaba qozonish uchun barcha o‘yinlarimizda g‘alaba qozonishimiz kerak. O‘ylaymanki, yakunda jamoalar o‘rtasidagi ochkolar farqi kichik bo‘ladi", - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

"Manchester Siti"ning Premyer-ligadagi ushbu mavsumdagi qolgan raqiblari: "Luton Taun" (uyda), "Tottenxem" (safarda), "Brayton" (safarda), "Nottingem Forest" (safarda), "Vulverxempton" (uyda), "Fulxem" (safarda), "Vest Xem" (uyda).






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati