Superliga. OKMK - «Dinamo»: O‘zaro o‘yinlar tarixi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 10:28
Bugun, 17 mart, yakshanba kuni «Dinamo» jamoasi Superliga 3-turi doirasida Olmaliqda OKMK mehmoni bo‘ladi.Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionati doirasida o‘zaro 22 marta to‘qnash kelishgan. Bahslarning 7tasida «Dinamo» g‘alaba nashidasini surgan bo‘lsa, 11ta o‘yin «konchilar»ning g‘alabasi bilan tugagan. 4 ta uchrashuvda esa jamoalar murosa yo‘lini tanlagan.Gollar nisbati 22:33 ko‘rinishida, olmaliqliklar foydasiga. Bahslarda OKMK 37, «Dinamo» 25 ochkoni qo‘lga kiritgan. «Dinamo»ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:2 ga teng. OKMKning eng yirik g‘alabasi esa 4:0 natijasidir. Jamoalarning Superliga doirasida Olmaliqdagi o‘zaro so‘nggi uchrashuvida «Dinamo» 2022 yil 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov shogirdlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik turning e’tiborli o‘yinlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. O‘yin jonli efirda namoyish etiladi.Superliga-2024. 3-tur17 mart (yakshanba)OKMK - «Dinamo»Hakam: Ibrohim IsmoilovVAR hakami: Asker Najafaliyev O‘yin boshlanish vaqti: 18:45TV-translyasiya: Foreign Languages












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati