Mbappe Enrike bilan tortishib qoldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 20:26
Shanba oqshomida “PSJ” Fransiya chempionati doirasidagi uy uchrashuvida “Klermon” bilan durang o‘ynadi (1:1).

Jamoa yulduzi Kilian Mbappe o‘yinni zaxirada boshladi - u ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi va Gonsalu Ramushga golli uzatma berdi.

O‘yindan so‘ng Mbappe jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan nimadir haqida bahslashdi. Kadrlarda futbolchi va murabbiyning hissiyotlar bilan fikr almashishi aks etgan.

Shu bilan birga, Mbappe faol imo-ishoralar qiladi, Enrike esa uning so‘zlarini tushunishni xohlamasgini bildirib, futbolchidan og‘zini yopishini so‘ragan.

Avvalroq matbuotda Mbappe va Enrike o‘rtasidagi munosabatlar qiyin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

So‘nggi paytlarda forvard ko‘pincha asosiy tarkibga tushmadi yoki o‘yin davomida almashtirildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati