Fayzullayev: Bizni qoniqtiradigan natija bu...

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 20:06
SSKA vingeri Abbosbek Fayzullayev mavsum yakunida qanday natijadan mamnun bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi.

"Kuchli uchlikka kirsak va Kubokni yutsak, bu bizni qoniqtiradi. Ayrim o‘yinlarda so‘nggi daqiqalarda konsentrasiyani yo‘qotamiz.

Shu tufayli biz ko‘p narsani o‘tkazib yubordik va ochko yo‘qotdik", - deya Fayzullayevning so‘zlarini keltiradi Chempionat.

Joriy mavsumda 20 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hozirda SSKA RPLda uchinchi o‘rindagi “Dinamo”dan ikki ochko ortda qolib, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Aytish joizki, "ko‘k-oq"larning qo‘lida bitta zaxira o‘yini bor. Qo‘shimcha qilib o‘tamiz, SSKA Rossiya kubogidagi ishtirokini davom ettirmoqda.
Endi "armiyachilar" jamoasi RPL yo‘lining yarim final bosqichida bo‘lib turibdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati