Bavariyaning faqatgina bir o‘yinchisi muxlislardan uzr so‘rashga jazm etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 20:02
"Bavariya" shanba kuni o‘z muxlislarining hafsalasini pir qildi.

“Xaydenxaym” mehmoni bo‘lgan jamoa birinchi bo‘limdan so‘ng 2:0 hisobida oldinda borayotgan holida yakunda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Natijada, keyingi dam olish kunlaridayoq "Bayer" Germaniya chempioniga aylanishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda stadion tribunalaridan suratga olingan video paydo bo‘ldi.

Unda “Bavariya”ning 18 yoshli hujumchisi Matis Tel o‘z jamoadoshlariga nimadir deb qichqirayotgani va muxlislar bilan tribuna tomon ishora qilayotgani aks etgan.

Shubhasiz, Tel o‘z sheriklarini muxlislardan uzr so‘rashga chaqirdi. Biroq “Bavariya” futbolchilari kiyim almashtirish xonasiga borishga shoshilishdi. Tel jamoadoshlariga etib bormay, ularning orqasidan ketdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati