17 martdan Bokuda O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 10:24
17 martdan 1 iyulga qadar Boku shahridagi Haydar Aliyev markazida «Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik an’analari bo‘ylab sayohat» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston muzey sara to‘plamlarida saqlanayotgan 148 dan ortiq bezakli amaliy san’at namunalari taqdim etiladi. Ko‘rgazma mamlakatning XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi madaniy va tarixiy merosi va xalq liboslariga bag‘ishlanadi.

Ko‘rgazma ochilishi doirasida madaniy dastur rejalashtirilgan. 16−17 mart kunlari Ozarbayjon davlat akademik musiqali teatri sahnasida Ozarbayjonda ilk bor «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» balet spektakli namoyish etiladi.

Ko‘rgazma va madaniy dastur O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati