Ana bo‘lmasa! “Ayaks” o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 19:44
7-aprel, yakshanba kuni Niderlandiya chempionatining 29-turi doirasida “Ayaks” safarda “Feyenoord”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv “Feyenoord”ning 6:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. "Ayaks" uchun bu mag‘lubiyat klub tarixidagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi.

Aytish joizki, “Ayaks” “Feyenoord” darvozasiga bor yo‘g‘i bitta zarba yo‘lladi, shu bilan birga raqibga 30 marta zarba yo‘llash imkonini berdi.

Ayni damda “Ayaks” Erediviziya turnir jadvalida 29 o‘yindan so‘ng 45 ochko jamg‘argan holda oltinchi o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda Amsterdam klubi o‘z maydonida "Tvente"ni qabul qiladi. O‘yin 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati