Deportivo Milanni dahshatli tarzda mag‘lub etganiga bugun roppa-rosa 20 yil bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 16:44
Biz o‘tmishdagi qiziqarli voqealarni eslashda davom etamiz. Bundan roppa-rosa 20 yil avval, 2004 yilning 7 aprel kuni Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob o‘yini "Deportivo" va "Milan" o‘rtasida bo‘lib o‘tgandi.

Dastlabki o‘yinda "rossonerilar" o‘z maydonida raqiblarini 4:1 hisobida mag‘lub etishgandi va Karlo Anchelotti shogirdlarining yakuniy muvaffaqiyatiga ozchilik shubha uyg‘otdi. Ammo "Deportivo" o‘sha paytda qit’aning asosiy klub kubogining amaldagi egalarini larzaga keltira olgandi.

Birinchi bo‘limda "Deportivo" duelda umumiy hisobni tenglashtirdi va hatto mehmondagi gol qoidasiga ko‘ra oldinga chiqib oldi. Gollarga Valter Pandiani, Xuan Valeron va Albert Luke mualliflik qilishdi. Fran Gonsales esa 76-daqiqada yakuniy nuqtani qo‘ydi - 4:0. Yakunda "Milan" mag‘lub bo‘ldi. "Deportivo" yarim finalda Joze Mourinyo boshchiligidagi "Portu"ga (0:0, 0:1) imkoniyatni boy bergandi. O‘sha mavsumda aynan portugallar Chempionlar ligasida g‘olib chiqqandi - "Monako"ga qarshi finalda 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati