Qozog‘istonda 1 nafar Putin, 1 nafar Tramp, 8 nafar Bayden bor

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 10:16
Mart oyi boshida Qozog‘istonda Qozog‘iston ismli 24 kishi ro‘yxatga olingan, deb xabar bermoqda "Dunyo".

"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ularning aksariyati Oqmola viloyatida istiqomat qiladi – 7 kishi. Ostanada shunday ismli yana 5 nafar, Qarag‘anda viloyatida esa 4 nafar kishi bor. Shuningdek, Qozog‘iston ismli 3 kishi Qostanay viloyatida, 2 nafari Mang‘istau viloyatida, 2 nafari Chimkent shahrida, 1 nafari G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida istiqomat qiladi.



Agentlik xabarida yozilishicha, bundan tashqari, Qozog‘istonda 27 nafar Semey, 15 nafar Atirau, 15 nafar Turkiston, 14 nafar Taraz, 10 nafar Oqtov, bir nafar Aqto‘be, bir nafar Taldiqo‘rg‘an ismli kishi bor.



Siyosiy arboblarning nomlarini berish ham an’anaga aylangan. Qozog‘istonda 12 ta Qasim-Jomart, 1 nafar Putin, 1 nafar Tramp, 8 nafar Bayden bor.

Shu yil yanvar oyida Qozog‘istonda eng mashhur ismlar Madina va Alixan bo‘ldi. Mamlakatda 517 nafar Madina, 313 nafar Alixan bor.

Qizlarning ismi bo‘yicha beshlikka – Asilim (468 kishi), Aysha (436 kishi), Aylin (387 kishi) va Tomiris (318 kishi) kirgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati