Roberto Barselonadagi 15-mavsumini o‘tkazishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 15:16
Serj Roberto yana bir mavsum "Barselona"da qolishi mumkin.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, Xavining ommaga bildirgan tavsiyasi hamda klub ichidagi muhokamalardan so‘ng "Barselona" futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.

Muzokaralar yaqin haftalarda boshlanadi. Agar Roberto qolsa, kelasi mavsum uning "ko‘k--anorranglilar" safidagi 15-mavsumi bo‘ladi.

Ispaniyalik futbolchi La Liganing joriy mavsumida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati