Manchester Siti Rodri borasida yakuniy qarorga keldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 14:28
"Manchester Siti" rahbariyati ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandesning o‘yinidan mamnun.

The Sun nashri xabariga ko‘ra, "shaharliklar" 27 yoshli yarim himoyachiga 2029 yilgacha yangi shartnomasi taklif qilmoqchi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, futbolchining maoshi haftasiga 210 dan 350 ming yevrogacha oshiriladi. Tomonlar muzokara stoliga o‘tirib, joriy mavsum yakunlanganidan keyin yangi shartnomani muhokama qiladi.

Ispaniyalik futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi. Uning transfer qiymati 110 million yevroga baholanmoqda. Joriy Premyer-ligada yarim himoyachi 28 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati