Real River Pleytning yosh futbolchisini kuzatmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 14:10
"River Pleyt"ning hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono "Real Madrid"ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, "Los Blankos" o‘z vatanida "yangi Messi" deb ataladigan 16 yoshli argentinalikni kuzatish uchun bir necha bor skautlarni yuborgan. Yaqin kunlarda "Real Madrid" vakillari yana Mastantuono o‘yinlarida ishtirok etishadi.

Argentinalik yosh iqtidorni "Los Blankos"dan tashqari "Chelsi" va "PSJ" ham kuzatib bormoqda. "River Pleyt" bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda tovon puli 45 million yevroni tashkil qiladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2026 yilning dekabr oyi oxirida tugaydi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati