• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekiston va Koreya Respublikasi bojxona xizmatlarining kinologiya markazlari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi bojxona xizmatlarining kinologiya markazlari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlamoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 10:04
Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida Janubiy Koreya Bojxona xizmati Kinologiya markazi va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi rahbarlarining videokonferensiya formatidagi navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Ishtirokchilar ikki mamlakat bojxona organlari o‘rtasidagi hamkorlikning izchil rivojlanishining ijobiy dinamikasini qayd etdilar. Ikki davlat bojxona xizmatlari mutaxassislari o‘rtasida, jumladan, bo‘lim boshliqlari darajasida videokonferensiyalar, onlayn treninglar, amaliyot va tashriflar almashinuvi muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.



Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tajriba almashildi, shuningdek, kinologiya sohasida idoralararo hamkorlikni yanada faollashtirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.



O‘tgan yili Janubiy Koreya Bojxona xizmati O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazidan maxsus xizmat itlarini xarid qilgan edi. Koreya Respublikasi ekspertlari O‘zbekistondan sotib olingan itlar eng yaxshi natijalarni ko‘rsatayotgani va hozirda mamlakatning bosh xalqaro aeroportida xizmat qilayotganini bildirdilar.

Uchrashuv yakunda 2024 yil may oyida Janubiy Koreya mutaxassislarining O‘zbekistonga ishchi safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Safar davomida tomonlar Janubiy Koreya Bojxona xizmati ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazidan maxsus o‘rgatilgan xizmat itlarini xarid qilish bo‘yicha yangi shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati