Leypsig futbolchisiga Yevropaning top-klublari qiziqish bildirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 13:54
Germaniyaning "Leypsig" klubi hujumchisi Benyamin Sheshko transfer bozorida xaridorgir. Insayder Rudi Galettining xabar berishicha, hujumchi Yevropaning bir qancha klublari qiziqish doirasiga tushib qolgan.

Londonning “Arsenal” va “Chelsi” klublari Sheshkoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Futbolchiga Italiya chempionatida ham talab bor. "Napoli" hujumchi transferini rasmiylashtirmoqchi. Benyamin transferi uchun tovon puli 50 million yevroni tashkil qiladi.

Bundesliganing joriy mavsumida 20 yoshli sloveniyalik "buqalar" safida 25 ta o‘yin o‘tkazdi. Sheshko sakkizta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati