Ten Xag Antoni haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 13:30
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Antoni o‘yiniga baho berdi.

"Men Antoni "Chelsi"ga qarshi o‘ynagandek o‘ynay olishini bilaman. U buni "Ayaks"da ko‘p marta qilgan. Buni "Manchester Yunayted" bilan dastlabki o‘yinlarda ko‘rdik. Bu juda zo‘r futbolchi", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 24 yoshli yarim himoyachi 24 uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bugun, 7 aprel kuni "qizil iblislar" Angliya chempionatining 32-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati