Markinyos: Faoliyatimni PSJda yakunlamoqchiman
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 07-04-2024, 13:12
"Men "PSJ"dagi kelajagimni ko‘raman. Bu shahar allaqachon men uchun uyga aylangan. Men jamoaga yordam berishda davom etmoqchiman va faoliyatimni oxirigacha shu yerda qolmoqchiman. Faoliyatimni "Park de Prens"da yakunlash ajoyib bo‘lardi", - dedi 29 yoshli braziliyalik futbolchi Canal+ nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, markaziy himoyachi parijliklar jamoasida 2013 yilning yozidan buyon to‘p surmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnomasi 2027/2028 yilgi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. Transfermarkt Markinyosning narxini 55 million yevroga baholamoqda.