Galatasaroy futbolchisi APLga qaytishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 13:04
Ayni paytda Turkiya chempionatida "Galatasaroy" safida o‘ynayotgan kolumbiyalik himoyachi Davinson Sanches Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin.

"Tumanli Albion"da futbolchi Londonning "Tottenxem" jamoasida o‘ynagan. Teamtalk nashri xabariga ko‘ra, futbolchini "Nyukasl" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Jamoa bosh murabbiyi Eddi Xau yozgi transfer oynasida himoyani kuchaytirmoqchi.

Sanchesning nomzodi mutaxassisning qisqa ro‘yxatiga kiritilgan. Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi Superligada 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi. Uning transfer narxi 17 million yevroga baholanmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati