Bektemirda 55 ta jarimani to‘lamagan ayoldan mashinasi olib qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-03-2024, 09:14
Toshkent shahar Bektemir tumanida 55 ta jarimani to‘lamay kelgan ayoldan mashinasi olib qo‘yildi. Bu haqda MIB axborot xizmatiga tayanib, “Daryo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bektemir tumanida yashovchi Gulchehra ismli ayoldan IIB YXHB organlari qarorlariga asosan jami 55 ta qoidabuzarlik uchun salkam 62 mln so‘m ma’muriy qarzdorlik mavjud. U avtomobilda harakatlanayotgan vaqtida yo‘llarda belgilangan harakat tezligini oshirib, yo‘l chiziqlarini bosib va eng yomoni, svetoforning qizil chiroqlariga ham e’tibor bermasdan harakatlangan holda jami 55 ta qoidabuzarlik sodir etgan.

Qoidabuzarlikdan 45 tasi tezlikni oshirgani uchun qo‘llanilgan. MIBning Bektemir tuman bo‘limi xodimlari tomonidan haydovchining, Tracker 2 mashinasiga qidiruv e’lon qilinib, mashina Toshkent shahridan topilgan va jarima maydoniga qo‘yildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati