8 aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-04-2024, 11:08
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 8 aprel kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 24-26 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat kechqurun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Navoiy viloyatida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
7-8 aprel kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati