Maykon: «Neymar «Barselona»da qolishi kerak edi»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 19:52
Braziliyalik sobiq futbolchi Duglas Maykon vatandoshi Neymar haqidagi savollarga javob berdi.– Ko‘pchilikning fikricha, Neymar o‘z salohiyatini to‘la namoyish eta olmadi. Haqiqatan shundaymi? Neymarning faoliyatiga qanday baho berasiz?– Men uchun Neymar – yulduz. Shaxsan o‘zim uning o‘yinidan hayratlanaman. U maydon tashqarisida qilgan ish faqat uning o‘ziga tegishli. Men uchun u eng mukammal futbolchi bo‘lib qoladi. Ha, u barcha kutgan cho‘qqini zabt olmadi. U "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmadi. Ammo, futbolchi sifatida o‘ta mahoratli o‘yinchi. Bu bilan bahslashib bo‘lmaydi. Men uni hayratlanishdan charchamayman. U noyob iqtidor egasi.– U «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tib to‘g‘ri qildimi?

– Bu qarorni o‘yinchining ixtiyoriga qoldiramiz. Ammo, nazarimda, u «Barselona»da qolishi kerak edi. Birinchidan, Barselona shahri o‘zining jozibasi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u mashhur futbolchilar bilan yonma-yon o‘ynayotgandi. «Barselona»da qolish — eng to‘g‘ri qaror edi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati