Qozog‘istonda Sazdi suv ombori yaqinida turuvchi aholi evakuasiya qilinmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 13
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-04-2024, 09:18
Ma’lum qilinishicha, Sazdi suv omborida suv oqimi ko‘paygan va bu Sazdi hamda Jinishka daryolarida suv sathining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
Sazdi suv ombori Aqto‘bedan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uralsk shahrida ham 2 apreldan beri Derko‘l va Shagan daryolarida suvning kritik darajadan ko‘tarilishi sababli ayrim turar joy va qishloq uylarini suv bosgan. Aholi evakuasiya qilinmoqda, qutqaruvchilar vahima qilmaslikni so‘ragan.
Uylari Shagan va Derko‘l daryolari tekisliklarida joylashgan 10 mingdan ortiq aholi vaqtincha xavfsiz joylarga ko‘chib o‘tmoqda. Vaqtinchalik uy-joyi bo‘lmagan odamlar evakuasiya markazlariga joylashtiriladi. Aholini evakuasiya qilish uchun jami 12 ta avtobus ajratilgan. Talonchilikning oldini olish maqsadida suv bosgan hududlarda polisiya xodimlari kecha-yu kunduz navbatchilik qilmoqda.