Enrike Mbappe haqida: Biz bir qayiqdamiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 17:22
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike mavsum oxirida Parij klubini tark etishi mumkin bo‘lgan va Fransiyada bosim ostida qolgan hujumchi Kilian Mbappe bilan bog‘liq hozirgi vaziyat ijobiy yakunlanadimi, degan savolga javob berdi.

"Men hamma narsa uning uchun ham, hamma uchun ham yaxshi yakunlanishini istardim. Biz hammamiz bir qayiqdamiz va portga borishni xohlaymiz. Bu mening shaxsiy va professional maqsadim", - dedi Enrike Mundo Deportivo bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda Mbappe "Real" bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi jamoadoshlari va "PSJ" murabbiylar shtabiga joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini aytgan.

O‘z navbatida, "Los Blankos" prezidenti Florentino Peres Karlo Anchelottining murabbiylar shtabiga Mbappe "Real Madrid"ning yangi futbolchisiga aylanishi haqida xabar berdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati