Uch oyda qancha kadastr pasporti tayyorlandi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 16:38
Bu haqda O‘zAga xabar bergan Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Behro‘z Safarovning ma’lum qilishicha, ayni paytda sohada aholiga o‘nga yaqin elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Bu jarayonda har bir murojaat Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib, ijrosi ta’minlanayotir.

Er maydoni va ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan qabul qilingan murojaatlarda 119 ta ob’ektning huquqiy hujjati asli taqdim etilmagani uchun Davlat xizmatlari markazlari bekor qilgan. 2 ming 663 tasida nizoli holatlar borligi, ko‘rsatilgan yer maydoni qishloq xo‘jaligi suvli yer maydonida turgani, oldi-sotdi shartnomada manzil noto‘g‘ri ko‘rsatilgani sababli rad etilgan. 319 tasiga texnik xodimlar tayinlanib, 309 tasining to‘lovi kutilmoqda. 5 ming 829 tasiga kadastr pasporti tayyorlab berilgan.

– Kadastr hujjatini tayyorlash bo‘yicha Termiz shahri aholisidan 1 ming 605 ta ariza qabul qilinib, bu masalada viloyat markazi aholisi peshqadamlik qildi, – deydi Behro‘z Safarov. – Angor tumanida 488, Bandixonda 161, Boysun tumanida 189, Denovda 1 ming 146, Jarqo‘rg‘onda 519, Muzrabot tumanida 381 jismoniy hamda yuridik shaxs yer va ko‘chmas mulk inshootiga egalik huquqini qo‘lga kiritdi. Oltinsoyda 172 ta, Qiziriqda 262, Qumqo‘rg‘onda 816 ta, Sariosiyo tumanida 859 ta, Sherobodda 431 ta, Sho‘rchida 761 ta, Termiz tumanida 952 va Uzun tumanida 497 ta yer uchastkasi hamda ko‘chmas mulkka kadastr pasporti tayyorlab berildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati