Xorijga transfer yaxshi, faqat...

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 20:08
Bilasiz, Osiyo kubogi arafasida va turnirdan keyin bir qator futbolchilarimiz xorij klublari bilan shartnoma tuzishdi.Xalqaro transferlar yaxshi, albatta. Biroq bu safar jarayonda boshqa bir muhim omil katta rol o‘ynadi, menimcha. Ya’ni milliy jamoamizning ba’zi futbolchilari Osiyo chempionatiga klublardan ayro holda borishdi. Oddiy aytganda, legionerga aylangan vakillarimizda klublari bilan shartnoma muddati yakunlangan edi. Ayni shu omil ham xorij jamoalarini rosa «qizdirgan» bo‘lsa, ajabmas. Har holda, klublarimiz aksariyat futbolchilar uchun chet elliklardan sariq chaqa ham olmadi. Faqat Hojimat Erkinov bundan mustasno. Shunda ham uning transferi ortidan Rossiya klubi pul oldi.Demak, O‘zbekiston klublari transfer yo‘nalishida hali izlanishi, futbolchilar bilan tegishli tartibda manfaatli tarzda shartnoma tuzishni o‘rganishi lozim. Qishda amalga oshgan eksport-transferlar haqida gap ketsa, faqat ikki jihatdan quvonish mumkin. Birinchisi, yetakchi futbolchilarimiz o‘z mamlakatida kuchli sanalgan obro‘li klub-lar (masalan, «Persepolis», «Istiq-lol»)ga ketishdi. Demak, ular o‘zlarini qoniqtiradigan yuqo-ri maoshga ega bo‘lishadi. Ikkinchi jihat (yanada muhimrog‘i), legionerlarimiz o‘sha Eron, Turkiya va BAA chempionatlarida haqiqiy raqobat doshqozoni ichiga tushishdi va hozircha zarur amaliyot olishmoqda. Bunisi endi milliy jamoamiz foydasiga xizmat qilishiga ishonch katta. Deylik, Aziz Turg‘unboyev bu yil ham «Paxtakor»da qolganida, katta ehtimolki, o‘sish uchun motivasiya topolmasdi. Turkiya Superligasida esa xohlasa-xohlamasa, yangi darajaga intilishi turgan gap.Umuman olganda, milliy chempionatimizning futboli rivojlangan mamlakatlar ligalariga legioner eksport qilishi har tomonlama ijobiy holatdir. Zero, ketganlar malakaliroq murabbiylar qo‘l ostida, kuchli raqobat sharoitida o‘z mahoratlarini oshiradilar. Milliy jamoamiz ustozi Srechko Katanes o‘z klublari zaxirasida o‘tirgan legionerlarni ham hech cho‘chimay maydonga tushiraverishi boi­si ham shu. Xulosa aytganda, o‘zbek legioni milliy futbolimizning xorijdagi yuzi hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, terma jamoamiz qancha yaxshi o‘ynasa, legionerlarimiz shuncha ko‘payadi. Legionerlarimiz ko‘paygani sari esa milliy jamoamiz o‘yinlarida yangi chizgilar ko‘zga tashlanaveradi. Xullas, hammasi yaxshi. Faqat shunisi ham borki, bunday transferlardan klublarimiz oz-moz pul ishlashni o‘rganishi ham muhim. Bunisi endi jamoalarning moliyaviy quvvat olishi uchun zarur. Moliyaviy quvvat esa o‘z-o‘zidan Superliga rivojiga xizmat qiladi.Sobirjon  MUSABOYEV, Chortoq shahri












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati