Messi faoliyati haqida: Men boshqa hech narsa so‘ra olmayman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 15:18
"Inter Mayami"ning 36 yoshli hujumchisi Lionel Messi futboldagi kelajagi haqida gapirdi.

"Men ketish haqida o‘ylamayman. Men kelajak haqida o‘ylamasdan har kunidan zavq olishga harakat qilaman. Bu haqda hozircha hech narsa deya olmayman. Men o‘ynashni davom ettirmoqchiman. Bu menga yoqadigan narsa. Menga omad kulib boqdi, chunki futboldagi barcha maqsadlarimga erishdim. Men boshqa hech narsa so‘ra olmayman. Xudo menga bergan hamma narsadan zavqlanaman" - dedi Leo Big Time AS nashriga.

Messi o‘tgan yozda "Inter Mayami"ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati