Vengriya Rossiya gazini Turkiya orqali olishga tayyor

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 22:52

Rossiya gazini Ukraina hududi orqali yetkazib berishning to‘xtatilishi Vengriyaga ta’sir qilmaydi, chunki Rossiya Federasiyasidan gaz tranziti ham «Turk oqimi» orqali amalga oshiriladi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik radiosi.

Diplomatning ta’kidlashicha, hozirda Vengriya Rossiyadan yetarli hajmdagi gaz oladi, biroq qo‘shimcha yetkazib berish kerak bo‘lsa, «Gazprom»ga murojaat qiladi.

“Hozir Vengriyaga gaz yetkazib berish «Turk oqimi» orqali amalga oshirilayotganini hisobga olsak, bu biz uchun muhim emas. «Turk oqimi»ni Serbiya, Turkiya va Bolgariya bilan birgalikda qurish biz tomonimizdan juda yaxshi qaror bo‘ldi, deb o‘ylayman. Endi u bizning gaz ta’minotimiz xavfsizligini ta’minlamoqda”, dedi Sijarto.

Siyyartoning ma’lum qilishicha, o‘tgan yili Vengriya Turk oqimi orqali 5,6 milliard kub metr gaz olgan. Shu bilan birga, Vengriyadagi Turk oqimining kirish quvvati yiliga 8,5 milliard kub metrni tashkil qiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati