Toshkentda 26 martdan isitish mavsumi yakunlanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 13:12
Toshkent shahrida 26 martdan markaziy isitish tizimi o‘chiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, isitish davri o‘rtacha kunlik harorat 8 darajadan yuqori bo‘lgan besh kunlik muddat tugagandan keyingi kuni tamomlanishi belgilangan.

“Shundan kelib chiqib, Toshkent shahri Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlari hamda o‘rtacha kunlik havo harorati ayni paytda 10 darajadan yuqori bo‘lishini inobatga olgan holda 26 martdan mavsumini yakunlash rejalashtirilayotganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati