Finlyandiya Ukraina bilan harbiy yordam to‘g‘risida shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 23:12
Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Ukraina bilan harbiy yordam to‘g‘risidagi bitimni imzolashga tayyorlanmoqda.

Bu haqda «Report» xabariga ko‘ra , «Iltalehti» gazetasi manbalarga tayanib, xabar berdi.

Ushbu shartnoma Stubbning Ukrainaga tashrifi chog‘ida Kiyevda imzolanishi kutilmoqda. Tashrif sanasi aniqlanmagan.

Gazetaning yozishicha, kelishuvga ko‘ra, Finlyandiya Ukraina armiyasi va flotini uzoq yillar davomida qurol-yarog‘ bilan ta’minlash majburiyatini oladi.

Shu bilan birga, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi va ittifoqqa qo‘shilishiga yordam beradi. Finlyandiya kompaniyalari Kiyevga o‘z mudofaa sanoatini qurishda yordam beradi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati