BMT rahbari butun dunyoni Navro‘z ruhiga amal qilishga chaqirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 18:24
Navro‘z – bu yangi boshlanishlar bayrami: yangi yilning boshlanishi, bahorning kelishi va tabiatning qayta tug‘ilishi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro bayram munosabati bilan qilgan murojaatida eslatdi, deb xabar beradi UN News.

Antoniu Guterrish Navro‘z bayrami turli avlod va millatlarga mansub millionlab odamlarni birlashtirganini alohida ta’kidladi.

“Bugungi og‘ir sinovlar davrida Navro‘z muloqot, yaxshi qo‘shnichilik va murosaga yordam beradi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik, inson huquqlari va qadr-qimmati kabi maqsadlari va qadriyatlarini ilgari suradi. Shunday ekan, barchamiz Navro‘z ruhiga ergashaylik!” – dedi BMT rahbari.

Bosh kotib Navro‘z bayramini nishonlayotgan barchani tabriklab, ushbu bayram tinchlik, sihat-salomatlik va baxt-saodat olib kelishini tiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati