22 mart kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 26
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 11:28
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
MUHIM HODISALAR
21-22 mart kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
21-27 mart kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati