Rossiyalik murabbiy JCH-2026 favoritlarini aytdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-04-2026, 04:01
Taniqli rossiyalik murabbiy Yuriy Syomin 2026 yilgi jahon chempionatining asosiy favoritlari sifatida Ispaniya va Argentina terma jamoalarini ko‘rsatdi. Bu haqda Sports.kz «Sport-Ekspress»ga tayanib xabar bermoqda. «Favoritlar, menimcha, ikkita — Ispaniya va Argentina. Argentinaliklarga ham muxlislik qilaman, ularning jamoasi menga yoqadi, yana Messi tufayli ham. Bizning ligada ham argentinalik futbolchilar ko‘p», — dedi Syomin. Guruh bosqichida Ispaniya Saudiya Arabistoni, Urugvay va Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi. Argentina esa Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan kuch sinashadi. 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina. Ispaniya esa 2010 yilda mundial g‘olibi bo‘lgan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati