Tramp va NATO rahbari uchrashuvi janjal bilan yakunlandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 0
- Формат: mp4
- Дата релиза: 10-04-2026, 17:01
Evropalik mulozimlarning so‘zlariga ko‘ra, yopiq eshiklar ortidagi suhbat tez fursatda keskinlashgan: Tramp ittifoqchilarini ayovsiz tanqid qilib, Yevropa davlatlarining Eronga qarshi urushda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlamaganidan g‘azablangan.
"Hammasi rasvo bo‘ldi. Suhbat haqoratlardan boshqa narsa emas edi. Tramp ochiqchasiga har qanday chorani qo‘llash bilan tahdid qildi", — dedi ta’kidladi manbalardan biri.
Tramp ittifoqchilarga nisbatan choralarga sha’ma qilgan. Ishtirokchilar u Yevropadan aniq qadamlar, jumladan, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ko‘mak kutmoqda, degan xulosaga kelishgan. Oq uy esa buni rad etib, prezident NATO`dan hech narsa so‘ramaganini bildirdi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari AQSh Eron bilan urushni tanqid qilgan davlatlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi mumkinligi haqida yozgan edi.