FIFA ispaniyalik muxlislarning musulmonlarga qarshi hayqiriqlari bo‘yicha surishtiruv boshladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 0
- Формат: mp4
- Дата релиза: 08-04-2026, 03:01
31 mart kuni Barselonada bo‘lib o‘tgan Ispaniya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida (0:0) muxlislar: "Kim sakramasa, o‘sha musulmon" mazmunidagi hayqiriqlarni ishlatishgan. Shuningdek, o‘yin boshlanishidan oldin ispaniyalik ishqibozlar raqib jamoa madhiyasini hushtaklar bilan kutib olishgan.
El Partidazo de COPE nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, bugun FIFA ushbu holatlar yuzasidan Ispaniya Qirollik futbol federasiyasiga (RFEF) nisbatan intizom ishi ochgan.