Qurolli Kuchlar tizimida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 07-04-2026, 19:01
???? Qarorga ko‘ra, 2026 yildan boshlab har yili quyidagilar o‘rtasida alohida-alohida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi 4 bosqichda o‘tkaziladi:
▫️ muddatli harbiy xizmatchilar; ▫️ kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar; ▫️ oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari (kursantlar); ▫️ harbiy-akademik liseylar o‘quvchilari (o‘quvchilar).
???? Kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida vazirlik va idoralarning muddatli harbiy xizmatchilari, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari, kursantlari hamda o‘quvchilari orasidan:
???? 1-o‘rinni egallagan 4 nafar g‘olibning har biri Oliy Bosh qo‘mondonning bosh sovrini – elektromobil hamda diplom bilan taqdirlanadi;
???? 2-o‘rinni egallagan 4 nafar sovrindorning har biri BHMning 100 barobari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi;
???? 3-o‘rinni egallagan jami 4 nafar sovrindorning har biri BHMning 70 barobari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi.
⏳ Kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati rag‘batlantirish tariqasida 1 oyga qisqartiriladi.