Vinisius o‘z kelajagi haqida bayonot berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2026, 06:01
Hujumchi Vinisius Junior Braziliya terma jamoasi ixtiyorida tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Yulduz futbolchi o‘z kelajagi borasida fikr bildirdi.

«Men faqat «Real» va klubda uzoq vaqt qolish haqida o‘ylayapman», — dedi Vinisius jurnalistlarga.

Vinisius Juniorning «Real» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga atigi 15 oy qoldi — kelishuv 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Vaziyatni hisobga olsak, 25 yoshli Vinisius muntazam ravishda transfer mish-mishlari qahramoniga aylanib bormoqda.

«Real» ayni damda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Alvaro Arbeloa jamoasi «Barselona»dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati