Azar: Professional murabbiy bo‘laman deb o‘ylamayman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 18:24
"Real" va "Chelsi"ning sobiq futbolchisi Eden Azar kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Keyinchalik nima bo‘lishini bilmayman. Professional tarzda murabbiylik qilaman deb o‘ylamayman, lekin yoshlar jamoalariga murabbiylik qila olishim mumkin. Farzandlarim bor va ularga futbol o‘ynashni o‘rgatmoqchiman", — deya Azar so‘zlarini keltiradi Standard Sport.

Belgiyalikning so‘nggi klubi "Real Madrid" bo‘lib, u 2019 yildan 2023 yilgacha u yerda o‘ynagan. Bu vaqt ichida Azar barcha musobaqalarda 76 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. Bundan tashqari, futbolchining hisobida 12 ta golli uzatma bor.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati